Jizzax plastmassa zavodida yongʻin sodir boʻldi

    Xavfsizlik 19 Fevral 2021 1279

    Jizzax shahridagi plastmassa quvurlari ishlab chiqarish korxonasida yongʻin sodir boʻldi.

    2021-yil 19-fevral soat 09:05da Jizzax shahar “Sanoat A” hududida joylashgan “MASTER BILDING PRODOKT” plastmassa quvurlari ishlab chiqarish qoʻshma korxonasi hududida joylashgan kompressor binosida yongʻin yuzaga kelganligi toʻgʻrisida yongʻin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

    Xabar asosida voqea joyiga yongʻin oʻchirish ekipajlari soat 09:10da yetib borishgan, yongʻin soat 09:18da oʻrab olinib, 09:40da toʻliq oʻchirilgan. Yongʻin natijasida binoning taxminan 90 kvadrat/metr maydonida shift qismi hamda uskunalari yongan. Olib borilgan harakatlar natijasida ishlab chiqarish sexining 1 400 kvadrat/metr maydoni yongʻindan saqlab qolingan.

    Tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar qayd etilmagan. Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.