Transport vazirligining xabar berishicha, viloyatda yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi “Jizzax orient trans” XK tomonidan XXR ishlab chiqarilgan 30 dona zamonaviy “Zhongtong” rusumli avtobuslari olib kelindi.
Ushbu avtobuslar Jizzax shahridagi 3 ta yangi yoʻnalishlarga brutto-shartnomasi asosida joylashtirilishi rejalashtirilgan.
1-yoʻnalish: 107-sonli “Zilol MFY – Nurafshon MFY“ yoʻnalish
2-yoʻnalish: 110-sonli “Soʻgʻdiyona MFY – Uchariq MFY“ yoʻnalish
3-yoʻnalish: 113-sonli “Jizzax ASHB – Tovar XAB“ yoʻnalish