Jizzax shahri uchun yana 8 dona zamonaviy avtobuslar olib kelindi

    Transport 17 Aprel 2025 1131

    Maʼlumotlarga koʻra, shu yil yakuniga qadar Jizzax shahriga tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan 52 dona avtobuslar olib kelish rejalashtirilgan.

    Qayd etilishicha, Jizzax shahri uchun “Jizzax Avtotrans Servis“ MCHJ tomonidan 8 dona “Ankai” rusumli avtobuslar olib kelindi.

    Ushbu avtobuslar Jizzax shahar ichi yoʻnalishlariga brutto-shartnoma asosida biriktiriladi.

    Eslatib oʻtamiz, shu yilning mart oyida “Jizzax orient trans“ XK tomonidan 30 dona “Zhong ton” rusumli avtobuslari olib kelingan edi.