Prezidentimiz yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlar ahvolidan xalqimiz mutlaqo noroziligini taʼkidladi.

Masalan, oʻtgan olti oyning oʻzida 4 mingga yaqin avto-avariyalar sodir etilib, 873 nafar shaxs vafot etgan, 3,5 mingdan ortigʻi jarohat olgan.

“Eʼtibor bering, 48 foiz avariyalarning sababi yoʻl infratuzilmasidagi kamchiliklar hisoblanadi.

Vaziyatni yaxshilash boʻyicha “Oʻzavtoyoʻl” va hokimliklarning masʼuliyati umuman sezilmayapti. Ular faqat asfalt yotqizish bilan ovora, harakat xavfsizligi esa eʼtibordan chetda qolib ketgan”, - dedi davlat rahbari.

Shu munosabat bilan Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi rahbari O.Saidovga hayfsan berildi. Shuningdek, Jizzax, Surxondaryo  va Xorazm viloyatlari YHXB boshliqlari lavozimidan ozod qilindi.