Oʻrganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi. Xususan, uzunligi 29,1 kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 5 ta transformator punktlari (TP)ni mukammal taʼmirlash hamda 44,1 kilometr tarmoqlar va 6 ta TPni joriy taʼmirlash ishlarini sifatli yakunlash yuzasidan koʻrsatma va topshiriqlar belgilab berildi.
Shu bilan birga Arnasoy, Zarbdor, Baxmal, Sharof Rashidov, Zomin, Forish, Yangiobod, Zafarobod va Paxtakor tumanlarida TPdagi texnik kamchiliklarning bartaraf etilishini taʼminlash yuzasidan tegishli bayonnoma tuzildi.
Doimiy ravishda viloyat hokimligi bilan “DATA” markazida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini oʻrganib, viloyatda ASKUE tizimini toʻliq tatbiq etish maqsadida 2020-yil yakunigacha isteʼmolchilarga oʻrnatilgan 38 232 ta elektr hisoblash uskunalarini “Billing” tizimiga ulanishini taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Maʼlumot uchun, viloyat isteʼmolchilariga kuz-qish mavsumida jami 999,5 million kVt/soat elektr energiyasi yetkazib beriladi. Viloyatda isteʼmolchilar soni 263 756 tani tashkil etadi.
Isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 12,1 ming kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 3 674 ta TPdan foydalaniladi.
Joriy yilning 1-oktyabriga qadar 1 233,4 kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 242 ta TP mukammal taʼmirlanadi. Bugungi kunga 19 ta TP, 2,0 tonna transformator moyi va 25,9 kilometr kabel mahsulotlarining avariya zaxirasi yaratilgan. Shuningdek, 41 ta avariya brigada tashkil etilgan, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.