Jizzax viloyati: mehnat bozori va migratsiya masalalari tahlili

    Bozor munosabatlarining zaruriy shartlaridan biri mehnat migratsiyasi jarayonlari hisoblanadi. Ushbu jarayonni har kim har hil tasniflaydi.

    Аlbatta, tashqi kapitalning kirib kelishi, kasb-hunar boʼyicha tajribaning ortishi, texnomadaniyat unsurlarining ortib borishi ijobiy hol. Lekin, daromad va oilaviy qadriyatlar nomutanosibligiga qurilgan ushbu xodisada aholini ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash ishlari har qanday tuzilmaning gumanitar (insonparvarlik) faoliyati darajasini ifodalab beradi.

    Bandlikka koʼmaklashish, tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan Jizzax viloyatida migratsiya oqimi yuqori boʼlgan Gʼallaorol tumanidagi “Koʼkgumbaz”, “Qashqabuloq”, “Samarqand”, “Gʼafur Gʼulom” mahallalarida ishsizlikka barham berish, kambagʼallikni qisqartirish hamda mehnat muhojirlari bilan ish olib borish boʼyicha amaliy-uslubiy ishlar olib borildi.

    Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi “Moddiy yordam va koʼmakka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 250-sonli qarori, 2021 yil 19 martdagi ““Mahallabay” ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qaror boʼyicha ehtiyojmand va tadbirkorlik bilan shugʼullanish istagidagi fuqarolar bilan ishlash tartiblari boʼyicha tushuntirish va targʼibot ishlari olib borildi.

    Maʼlumot uchun: Bugungi kunda Jizzax viloyatida horijda yurgan mehnat muhojirlari soni 35 676 nafarni tashkil etadi, qaytib kelgan mehnat muhojirlari esa 86 233 nafarni tashkil etadi.