Jizzax viloyati va Toshkent shahrida noqonuniy tamaki mahsulotlarining savdosi fosh etildi

    Fuqaro K.B. va turmush oʻrtogʻi Sh.B. markaziy dehqon bozor hududida noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelayotgani aniqlandi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi, IIB va Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro K.B. va turmush oʻrtogʻi Sh.B.lar markaziy dehqon bozor hududida noqonuniy tamaki mahsulotlarining savdosi bilan shugʻullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan 17 turdagi umumiy bahosi 129,9 mln soʻmlik 8 220 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan, deb yozadi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

    Shuningdek, Departamentning Yashnobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Yo.X. noqonuniy tamaki mahsulotlarining savdosi bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlanib, undan umumiy bahosi 42,3 mln soʻmlik 1 534 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.