Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar R.A., T.Sh. hamda “B.R.” va “A.A.” MChJ mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, go‘yoki 16,6 mlrd so‘mlik mahsulotlar yetkazib berilganligi haqida soxta ma’lumotlar rasmiylashtirib, go‘yoki savdodan tushgan pullarni nazorat kassa mashinalari orqali kirim qilib, fuqarolarga sotilganligi haqida 3 106 dona xarid cheklarini chiqarib, ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolarga “Soliq Mobile” ilovasi orqali “Keshbek” sifatida to‘lab berib, 1,9 mlrd so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.