Jizzax viloyatida amalga oshiriladigan loyiha moliyalashtiriladi

    Agrosektor 17 Iyul 2021 2083

    Innovatsion rivojlanish vazirligi Hayʼatining navbatdagi yigʻilishiga Jizzax viloyatida amalga oshiriladigan loyiha kiritildi.

    Hayʼat Milliy universitet Jizzax filiali tomonidan ishlab chiqilgan “Shoʻrlangan tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilashda Amarant oʻsimligidan optimal foydalanish texnologiyasi va chorvachilik uchun zarur boʻlgan ozuqa bazasini yaratish” tijoratlashtirishga tayyorlash loyihasini 100 million soʻmga moliyalashtirishga qaror qildi, deb xabar beradi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati Jizzax viloyat hokimligi maʼlumotiga tayanib.

    Ushbu loyiha amalga oshishi natijasida quyidagilarga erishiladi:


    •Shoʻrlangan tuproqlarning meliorativ holati yaxshilanadi.

    •Amarant yormasi oziq-ovqat sanoatida bugʻdoy uniga qoʻshimcha sifatida ishlatiladi.
    •Eksportbob amarant moyi olinadi.
    •Amarant doni va moyi farmatsevtika uchun xom ashyo sifatida foydalaniladi va eksport qilinadi.
    •Chorvachilik uchun toʻyimli yuqori kaloriyaga ega omuxta yem tayyorlanadi.