Mazkur qarorga muvofiq, bank, soliq va bojxona tizimlari boʻyicha tadbirkorlarga yengillik va qulayliklar yaratildi.
Mavjud imkoniyatlarni hisobga olsak, baliqchilikni yana-da rivojlantirish uchun viloyatimizda suv havzalari resurslari ham, ishonchli va ilmiy asoslangan loyihalar ham yetarli, - deydi «Oʻzagroinspeksiya» Jizzax viloyat boshqarmasi- Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish boʻlimi bosh inspektori Uchqun Mamarajabov.
Bugungi kunda, viloyatda jami 163 ta baliqchilik subyektlari mavjud boʻlib, 5176 gektar sunʼiy suv havzalarida faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda sunʼiy suv havzalarini turli mineral va ozuqa bilan taʼminlash maqsadida 3 ming 378 tonna mineral oʻgʻit, 9 ming 636 tonna omixta yem yetkazib berish belgilangan. Baliq yetishtirish hajmi esa 8 ming 30 tonnani tashkil etadi.
Bundan tashqari, 2020-yilga moʻljallangan Davlat dasturiga asosan vohada baliqchilik sohasini rivojlantirishga oid umumiy qiymati 33,4 mlrd. soʻm boʻlgan jami 5 ta loyihalarning manzilli roʻyxati tasdiqlangan va tashabbuskorlar tomonidan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha tarmoq jadvallari ishlab chiqilgan, tegishli tashkilotlar bilan kelishgan holda tuman hokimlari tomonidan tasdiqlangan.
Viloyat boʻyicha bugungi kunda qiymati 13,6 million soʻmlik 11 ta loyihalar amalga oshirilgan. Bugungi kunda birgina Zafarobod tumanida 28 ta baliqchilik xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatmoqda.
Baliqchilik oʻz-oʻzidan boʻladigan ish emas. Buning uchun katta tajriba, izlanish talab etiladi va albatta inson mazkur soha boʻyicha zarur koʻnikmaga, bilimga ega boʻlish kerak,- deydi «Oʻzagroinspeksiya» ning Zafarobod tuman boʻlimi Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish boʻyicha katta inspektori Jahongir Javinboyev.
Shundan kelib chiqib, sohani innovatsiyalar asosida tashkil etish, baliqchilik xoʻjaliklari egalarining bu boradagi bilim va koʻnikmalarini oshirib, ularga zaruriy tushuncha va koʻrsatmalar berilib, nazorat tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirilishi natijasida tumandagi Sobir Rahimov fermer xoʻjaliklari hududiy uyushmasida joylashgan “Intensiv laqqa baliq” MCHJ tomonidan 2 gektar maydonda yopiq aylanma intensiv usulda “Amerika” laqqa baliqlari koʻpaytirilib, yil boshidan hozirgi kunga qadar 170 tonna baliq yetishtirildi.
Mazkur xoʻjalik aholiga, ichki hamda tashqi bozorlarga sifatli baliq mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha ilgʻorlardan biri boʻlib, uning yillik quvvati 800 tonnani tashkil qiladi. Loyihani ishga tushirishda 1 mlrd 270 mln soʻm bank krediti va 500 mln soʻm miqdorida tashabbuskorning mablagʻi yoʻnaltirilgan.
«Oʻzagroinspeksiya» ning Jizzax viloyat boshqarmasi