Targ‘ibot tadbirlari Jizzax viloyatining Forish tumanida joylashgan Yuqori Uxum, Mushkiybiron, Baxmal tumanidagi Mo‘g‘ol va Novqa Ota, G‘allaorol tumanining Xitoyuzi, Qipchoqsuv, Buloqboshi, Hamza hamda Alamli, jumladan, Zomin tumanidagi Qorong‘isoy, O‘riklisoy, Usmonlisoy, yetti kechuv hamda Yangiobod tumanida joylashgan Xo‘jamushkent qishloq va mahallari aholisi orasida keng olib borildi.

Sayyor qabulda oilaviy mehmon uylarini tashkil etish istagida bo‘lgan 20 nafar xonadon sohiblari shu joyning o‘zida tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularga oilaviy mehmon uylari va hostellar yagona reestridan ko‘chirma hamda maxsus guvohnomalar topshirildi. Mas’ullar tomonidan tashabbuskorlarga turizmni rivojlantirish, turizm xizmat turlarini ko‘paytirish va yaxshilash borasida tegishli tavsiyalar berilib, Vazirlikning esdalik sovg‘alari taqdim etildi, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.