Mazkur murakkab jarrohlik amaliyotini Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori Davron Toʻlaganov boshchiligidagi 14 nafar poytaxtdan kelgan mutaxassis va jizzaxlik shifokorlarlar birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

— Bugungi jarrohlik amaliyoti qariyb olti soat davom etdi, — deydi malakali xirurg, tibbiyot fanlari doktori, professor F.Xadjibayev. — Ayni paytda bemor va donor(bemorning opasi)ning ahvoli qoniqarli boʻlib, ularning salomatligi tibbiy standartlar asosida nazoratga olingan.

Jizzaxda qariyb 180 nafar shunday jarrohlik amaliyotiga muhtoj bemorlar bor. Kelgusida bunday yuqori texnologiyali murakkab amaliyotlar viloyat shifokorlari tomonidan mustaqil amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda, deya xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.