Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 4-Jizzax saylov okrugining birinchi tashkiliy majlisida alohida taʼkidlab oʻtildi. Okrug saylov komissiyasi rahbariyati va aʼzolari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan tadbirda okrug komissiyasi zimmasiga yuklangan vazifalar, komissiyaning ish rejasi xususida atroflicha maʼlumot berildi.

Majlisda 4-Jizzax okrug saylov komissiyasining ish rejasi va komissiya aʼzolarining vazifalari tasdiqlanib, ularga guvohnomalar topshirildi.

Xudoyberdi KARIMOV,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri