Jizzax viloyatida navbatdagi Inkubatsiya va akseleratsiya markazi ochildi

    Raqamlashtirish 22 Oktabr 2021 1460

    Jizzax viloyatida IT-Park hamda Jizzax davlat pedagogika instituti hamkorligida Inkubatsiya va akseleratsiya markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

    Ochilish dasturida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi, IT Park Jizzax viloyati hududiy filiali xodimlari qatnashishdi.

    Ushbu markazda talabalarga o‘z startap loyihalarini amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib yuqori tezlikdagi internet va zamonaviy kompyuterlar va laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan.

    Dastur davomida Inkubatsiya va Akseleratsiya markazida faoliyat olib boradigan talabalar o`zlarining startap loyihalarini dastur ishtirokchilariga va mutaxassislariga namoyish qilishdi hamda mutaxassislar tomonidan maslahat va qo`shimcha takliflar olishdi.