Jizzax viloyatida zilzila boʻldi

    FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, Jizzax viloyatida 31-may kuni yerosti silkinishlari qayd etildi.

    Qayd etilishicha, Toshkent vaqti bilan 03:25 da Jizzax viloyatida zilzila sodir boʻldi.

    Episentr — Baxmal tumani. Zilzila koordinatalari: 39,77 gradus shimoliy kenglik; 67,97 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,2. Chuqurlik 15 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 197 kilometr janubi-gʻarbda.