Jizzaxda 1 million 325 ming dollarlik yongʻoq eksport qilindi

    Biznes 24 Oktabr 2020 1715

    Yongʻoq foydali moddalarga boy mevalardan biridir. Unda vitaminlar, minerallar boʻlishi bilan birga, organizmga ijobiy taʼsir qilish, moddalar almashinuvini normallashtirish va immunitetni oshirish xususiyati ham bor. Shu bois bugun ushbu mevaga boʻlgan talab juda yuqori.

    Jizzax viloyatida hozirgi kunga qadar 12 ta korxonalar yongʻoq eksporti bilan shugʻullanib kelyapti. Joriy yil 9 oyi davomida jami 1 million 325 ming dollari qiymatidagi 519,3 tonna yongʻoq bojxona postlarida eksportga rasmiylashtirilgan.

    Yongʻoqlar asosan Avstriya, Ozarbayjon, Iroq, Turkmaniston, Qozogʻiston, Eron, Turkiya, Suriya, Tojikiston kabi davlatlarga eksport qilingan, deb xabar beradi Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.