Jizzaxda 1-sinf oʻquvchisi oʻqituvchidan qoʻrqib hushidan ketib qolgani aytilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda oʻquvchining oʻqituvchidan qoʻrqib hushidan ketib qolgani aks etgan video tarqaldi.

    Mazkur hodisa Paxtakor tumanidagi 9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida sodir boʻlgani maʼlum qilindi.

    Aniqlanishicha, 1-sinf rahbari S.S. (ayol) imtihon olgan vaqtida, qoniqarsiz baho olgan oʻquvchilarni doska yoniga chiqarib, ularga tanbeh bergan vaqtida, shu sinf oʻquvchisi oʻzini tuta olmasdan yiqilib tushgan.

    Holat yuzasidan Bosh prokuratura bergan rasmiy bayonotida aytilishicha, bu boʻyicha ichki ishlar organlari tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazmoqda.

    Tekshiruv harakatlari Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.