Mamlakatimiz mutaqilligining 30 yilligi tantanalari Jizzax viloyatida ham ko'tarinki ruhda o'tmoqda. Viloyatda bayram munosabati bilan 10 ta mahalla fuqarolar yig'ini binolari yangitdan qurilib foydalanishga topshirildi, deb yozdi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash Jizzax viloyat boshqarmasi axborot xizmati.
Shundan:
G'allaorol tumanida 6 ta mahalla:
Jiydali — davlat xususiy-sherikchilik asosida;
Korizquduq — davlat xususiy-sherikchilik asosida;
Qashqabuloq — davlat budjeti hisobidan;
Xonimqo'rg'on — davlat budjeti hisobidan;
G'o'bdin — davlat budjeti hisobidan;
Baxt — davlat budjeti hisobidan;
Jizzax shahrida 4 ta mahalla:
O'ratepalik — davlat xususiy-sherikchilik asosida;
Bunyodkor — davlat xususiy-sherikchilik asosida;
Bog'ishamol — davlat xususiy-sherikchilik asosida;
Turon — davlat xususiy-sherikchilik asosida qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi. Mazkur 10 ta mahalla binolarining deyarli barchasi yangitdan qurildi. Birgina “G'o'bdin” MFY binosi to'liq ta'mirlandi.
Bugun foydalanishga topshirilgan mahalla binolarining barchasi zamonaviy ko'rinishga ega va jihozlar bilan to'liq ta'minlangan.