Jizzaxda zilzila qayd etildi

    Bugun, 31-avgust kuni ertalab 08:11 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi.

    Zilzila kuchi Samarqand va Jizzax viloyatlarida sezilgan. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring markazi xabar qildi.

    Zilzila koordinatalari: 39,63 gradus shimoliy kenglik; 67,75 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 220 km janubiy-g‘arbda.

    Zilzila episentri Toshkentdan 220 km janubiy-g‘arbda.