Aniqlanishicha, fuqaro oʻzining sharʼiy nikohidagi turmush oʻrtogʻi bilan jinoiy til biriktirib voyaga yetmagan 2021-yilda tugʻilgan farzandini 3 million soʻm evaziga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Jizzax shahar sudida sudlanuvchi er-xotinga nisbatan sud hukmi oʻqildi.
Unga koʻra, sudlanuvchi erkak JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 8-yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Sudlanuvchi ayolga esa JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan JKning 57-moddasi qoʻllanilib 6-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.