Holat boʻyicha viloyat IIB maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, shu yilning 27-sentyabr kuni soat 17-45 larda Sharof Rashidov tumani “Saraylik” MFYda yashovchi 1987-yilda tugʻilgan Z.F uning ukasi, 1991-yilda tugʻilgan X.S hamda shu MFYda yashovchi, 2006-yilda tugʻilgan M.Rlar oʻzaro janjallashib, bir-birlariga tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda Z.F “bosh miya chayqalishi” tashxisi bilan RSHTYIM Jizzax filiali neyroxirurgiya boʻlimiga yotqizilgan. Uning ukasi X.S. va fuqaro M.R birinchi tibbiy yordam olgan.
Hozirda holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yakunda aybdorlarga nisbatan qonuniy chora koʻrilishi taʼminlanadi, — deyiladi xabarda.