Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir boʻldi

    Jarohatlanganlar orasida Fransiya fuqarosi ham bor.

    Jizzax viloyati hududida avtobus va yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

    Viloyat IIB matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, YTH “Soʻloqli” mahallasi hududidan oʻtgan Toshkent—Termiz M-39 yoʻlining 998-kilometrida Yutong avtobusi Howo rusumli yuk mashinasi orqasidan urilgan.

    Oqibatda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xoʻjayli hamda Moʻynoq tumanlarida yashovchi ikki nafar fuqaro olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan.

    Shuningdek, Qoraqalpogʻistonning Nukus shahri va Taxiatosh tumanida yashovchi uch kishi hamda bir nafar Fransiyalik fuqaro turli darajada jarohatlar olgan.

    Ayni paytda tibbiy yordamga muhtojlarga tegishli muolajalar koʻrsatilmoqda. Avtobusning boshqa yoʻlovchilarini manzillariga yetkazish choralari koʻrilyapti.