Jizzaxda bir guruh qizlar qogʻozga “Er kerak“ deb yozib, koʻchalarni aylandi

    Voqea-hodisalar 18 Iyun 2025 793

    Holat boʻyicha viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

    Qayd etilishicha, ushbu holat boʻyicha viloyat hokimi oʻrinbosari-Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.

    Maʼlum boʻlishicha, Jizzax shahar Xalqobod mahalla fuqarolar yigʻini hududida Eski shahar dehqon bozori roʻparasida 8 nafar qizlar “Gulruh“ salonida oq kelinlik koʻylagini kiyib olgan holda qoʻllariga “Er kerak” deb yozilgan plakatlarni ushlab, koʻchada yurgan tasvirlari salonni reklama qilish maqsadida salon rahbari Sh.A hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi (bloger) Sh.E lar tomonidan tashkil etilganligi, ular reklama videoroligi tayyorlamoqchi boʻlani aniqlangan.

    Holat yuzasidan, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi darhol jarayonni toʻxtatib, qizlarga va goʻzallik saloni rahbariyatiga jamiyatda yurish-turish qoidalariga amal qilishi, milliy qadriyatlarni hurmat qilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan.