Chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik natijalari bilan aniqlangan birlamchi kasalliklar boʻyicha sogʻlomlashtirish ishlarini olib borish uchun shifokorlar tomonidan kerakli va zarur boʻlgan tavsiyalar berildi.
— Ushbu tibbiy koʻriklardan asosiy maqsad aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish, kasalliklarni erta aniqlash boʻyicha profilaktik koʻrik va skrining dasturlarini samarali oʻtkazish, aniqlangan kasalliklar boʻyicha manzilli sogʻlomlashtirish ishlarini tashkil etish, – deydi Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiy yordamni tashkillashtirish departamenti bosh mutaxassisi Xurshid Saidov. – Ikki kunlik tibbiy aksiyada Respublika tibbiyot markazlarining 40 nafar malakali shifokorlari va viloyatdagi tajribali mutaxassislardan iborat 7 guruh tashkil etilib, qarib besh mingga yaqin fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Tibbiy koʻrik natijasida fuqarolarning 3575 nafarida kasallik aniqlandi. Ularning 2962 nafariga ambulator, 570 nafariga statsionar davolanish uchun tavsiya berildi. Bemorlarning 407 nafariga tuman, 170 nafariga viloyat va 20 nafariga respublika darajasida davolanish uchun onlayn roʻyxatga kiritildi.
— Kecha mahallamiz patronaji ertaga Respublikadan kelgan shifokorlar tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi degan edi, bugun ertalabdan kelib, navbat olib terapevt, kardiolog, endokrinolog mutaxassislarining koʻrigidan, UTT va mammograf tekshiruvlaridan oʻtdim. Yaratganga shukr, jiddiy kasallik aniqlanmadi. Ambulator sharoitda davolanish uchun tavsiya berdi. Xursand boʻlgan tomonim, dorilar poliklinika hisobidan bepul berilar ekan. Muborak oyda shunday savobli, xayrli ishlarni amalga oshirayotganlar iloyo umrlaridan baraka topsin, – deydi Sharof Rashidov tumani, Mulkanlik mahallasi, “Buvijonlar maktabi” rahbari Tojixon Yodgorova.
Bundantashqari, aksiya doirasida sogʻlom ovqatlanish tamoyillari boʻyicha koʻrgazmalar tashkil qilindi. Aholiga mumkin va mumkin boʻlmagan mahsulotlar boʻyicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, jismoniy faollikni oshirish, zararli odatlardan voz kechish boʻyicha targʻibot ishlari olib borilib, ushbu mavzularda tarqatma materiallar tarqatildi.
Farhod NEʼMATOV,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.