Jizzaxda fuqarolarni chuv tushirib kelgan soxta “treyder”chi ushlandi

    Mazkur holat yuzasidan firibgarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Jizzax viloyatida yashovchi fuqaro A.F. oʻzining bank kartasidagi 800.000 soʻm miqdordagi pullari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilganligini boʻyicha IIOga murojaat qilgan.

    Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jizzax viloyatida yashovchi M.M. sodir etganligi aniqlandi.

    Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan M.M., jabrlanuvchi A.F. bilan Telegram messenjeri orqali tanishib, unga oʻzini treyderlik faoliyati bilan shugʻullanishini va pullarini birja orqali oz fursatlarda koʻpaytirib berishini vaʼda qilib, aldov yoʻli bilan 800.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini oʻtkazib olishga erishib, bergan vaʼdasini bajarmasdan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.