Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQSHga joʻnatmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

    Voqea-hodisalar 27 May 2025 507

    Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida fuqarodan uni noqonuniy yoʻllar bilan AQSHga yuborishi evaziga pul olgan shaxs ushlandi.

    Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Jizzax viloyatida huquq-tartibot idoralari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Sh.Rashidov tumanida yashovchi fuqaro “N.B.Q.”, Zarbdor tumanidan boʻlgan “A.A.D.”ni goʻyoki Meksika orqali AQSHga ishga joʻnatish bahonasida aldab, undan jami 200 million soʻm (shu jumladan 11 200 AQSH dollari va 50 mln soʻm) olmoqchi boʻlgan vaqtda qoʻlga olindi.

    Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.