Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Forish tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.X. fuqaro U.U.ning ishonchiga kirib, uni 17 000 AQSH dollari evaziga Amerika Qoʻshma Shtatlariga Meksika davlati orqali yuborishini aytib, shundan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.