Jizzaxda fuqaroning moli quduqqa tushib ketdi

    Qora moli 10 metrlik quduqqa tushib ketgan fuqaroga amaliy yordam koʻrsatildi.

    Bu haqda Jizzax viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.

    Shu yilning 29-iyul kuni soat 11:20da Jizzax viloyati FVB navbatchilik qismiga Gʻallaorol tumani “Alamli” MFY Hamid Olimjon koʻchasida yashovchi fuqaro tomonidan yashash xonadoni hovlisidagi 10 metr chuqurlikdagi quduqqa qora moli tushib ketganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushdi.

    Xabarga asosan Jizzax viloyat FVBsi Yongʻin-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib bordi. Qutqaruv guruhining saʼy harakatlari bilan fuqaroning qora moli quduqdan chiqarib olindi.