баннер
1 Apr 2025
04:14

    Jizzaxda haydovchi AYoQSH operatorini kaltakladi

    Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilib, hozirda sud tibbiy ekspertiza tayinlangan.

    Viloyat IIB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, shu yilning 25-mart kuni soat 14:00 larda Sharof Rashidov tumani Nurafshon mahallasida yashovchi, 1988-yilda tugʻilgan shaxs oʻziga tegishli “Gentra” rusumli transport vositasiga yoqilgʻi quyish maqsadida Sharof Rashidov tumani Pastki “Suloqli“ MFYda joylashgan AYoQSHga kelib, benzin mahsuloti uchun toʻlov qilgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, operator Sharof Rashidov tumani “Yangidiyor“ MFYda yashovchi, 1983-yilda tugʻilgan fuqaro yoqilgʻi quyib boʻlgach, avtomobilning yoqilgʻi idishi qopqogʻini yopmagan.

    Shu sababli “Gentra” avto transport vositasining egasi unga “Nima sababdan qopqogʻini yopmading?” deb eʼtiroz bildirgan va turli haqoratli soʻzlar aytib, unni urib, tepib tan jarohati yetkazgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech