Jizzaxda Hindistonning “Sambhram University ” MCHJ xorijiy korxonasi roʻyxatdan oʻtkazildi

    Mamlakatimizda 20 Fevral 2021 5034

    Kecha Jizzax shahar DXMda Hindiston davlatining “Sambhram” guruhining filiali hisoblanadigan “Sambhram” texnologiya instituti filiali roʻyxatdan oʻtkazildi.

    Xorijiy korxona shaklidagi “Sambhram University ” MCHJ tashkil etilishi munosabati bilan taʼsischilar davlat xizmtalari markaziga taklif etildilar. Muzokaralardan soʻng mehmonlarga DXA Jizzax viloyat boshqarmasi boshligʻi Bobur Umurzoqov tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi topshirildi.

    “Sambhram” texnologiya instituti taʼlim, sogʻliqni saqlash, uy-joy qurish, mulkni rivojlantirish, mehmonxonalar va dam olish joylaridagi xizmatlari bilan keng tanilgan. Institutning koʻp yillik izchil va sifatli taʼlim tajribasi tufayli hozirda dunyo boʻylab 7 ta xalqaro kampuslari (talabalar shaharchasi)ga ega.

    “Sambhram” texnologiya instituti filialini yaratish va unda oʻqitish yoʻnalishlarini belgilash boʻyicha amaliy harakatlarga oʻtish maqsadida yaqinda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev va “Sambhram” guruhining raisi Dr.Nagraj Venkatesh oʻrtasida memorandum imzolangan edi.

    Institutining Jizzaxdagi filialida 6 ta fakultet ochilishi rejalashtirilgan.

    DXA Jizzax viloyat boshqarmasi Axborot xizmati