Jizzaxda “hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” tashkil etildi

    Yarmarka doirasida Andijon viloyatidan 4 ta, Buxoro viloyatidan 4 ta, Toshkent viloyatidan 2 ta, Toshkent shahridan 11 ta, Navoiy viloyatidan 2 ta, Farg'ona viloyatidan 9 ta, Sirdaryo viloyatidan 7 ta, Surxondaryo viloyatidan 3 ta, Samarqand viloyatidan 9 ta va boshqa viloyatlardan 14 tadan ortiq qurilish, avtomobilsozlik, farmasevtika, oziq-ovqat, tekstil va boshqa sohadagi korxonalar qatnashdi.

    Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo'llab-quvvatlash, sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari mahsulot turlarini o'rganib chiqish, kelgusida sanoat kooperatsiyasini yo'lga qo'yish va ish ko'lamini kengaytirish uchun buyurtmalar portfelini (shartnoma va memorandumlar) shakllantirish maqsadida Jizzax viloyat hokimining 2022 yil 3 fevraldagi 50-3-0-F/22-sonli farmoyishiga asosan Jizzax shahrida Jizzax viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqarmasi tomonidan Jizzax viloyat hokimligi, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” o'z ishini boshladi.

    Yarmarka doirasida Andijon viloyatidan 4 ta, Buxoro viloyatidan 4 ta, Toshkent viloyatidan 2 ta, Toshkent shahridan 11 ta, Navoiy viloyatidan 2 ta, Farg'ona viloyatidan 9 ta, Sirdaryo viloyatidan 7 ta, Surxondaryo viloyatidan
    3 ta, Samarqand viloyatidan 9 ta va boshqa viloyatlardan 14 tadan ortiq qurilish, avtomobilsozlik, farmasevtika, oziq-ovqat, tekstil va boshqa sohadagi korxonalar qatnashishi rejalashtirilgan edi.

    Ko'rgazmada birgina Jizzax viloyatining o'zida jami 72 ta korxona qatnashgan bo'lib, shundan 5 ta avtomobilsozlik, 17 ta engil sanoat, 10 ta kimyo sanoat, 17 ta qurilish materiallari, 6 ta mebel sanoati, 8 ta oziq-ovqat sanoati, 3 ta farmasevtika va 6 ta elektrotexnika yo'nalishlaridagi korxonalar o'z tovarlari bilan ishtirok etdi.

    Tadbirning ochilish qismida, viloyat hokimi E.Saliev ishbilarmon doiralarga qulay shart-sharoit yaratish orqali viloyatning sanoat sohasini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kengaytirishga alohida e'tibor qaratilishi lozimligini va bu borada respublikamizda ko'plab imkoniyatlar yaratib berilayotganini ta'kidladi.

    Shu o'rinda aytish kerakki, Jizzax viloyatida 2021 yil yakunlariga ko'ra, sanoat sohasida 4,1 trln. so'mlik 104 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 2414 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. Jumladan, umumiy qiymati 307,8 mln dollarlik xorijiy investitsiya o'zlashtirilishi natijasida 11 ta loyiha ishga tushirildi. Va bu YaHM 7 foizga o'sishida muhim qadam bo'ldi.

    Ushbu tashkil etilgan yarmarkaning o'ziga xos xususiyati ham mahalliy tadbirkorlar uchun yana bir imkoniyat bo'lib, sanoat sohasidagi korxonalar o'zaro aloqalarini mustahkamlash, yuqori sifatli va yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish, investorlarni jalb qilish, investitsiya loyihalarini sonini oshirish, yangi ish o'rinlarini yaratishga qaratilgani aytib o'tildi.

    Jizzax viloyat Investitsiyalar va tashqi

    savdo boshqarmasi matbuot xizmati