Jizzaxda ikki nafar OIV infeksiyali bemorga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

    Mazkur ikki fuqaro oldin shifokor tomonidan kasalligi haqida ogohlantirilgan.

    Paxtakor tumanida yashovchi 35 yoshli ayol oʻz uyida oʻzida OIV infeksiyasi borligini bila turib begona erkak bilan himoyalanmagan jinsiy yaqinlik qilgan vaqtda Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan ushlangan va unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Yana bir holat Ш.Рашидов tumanida qayd etilib, 34 yoshli erkak oʻzida OIV borligini bilsada shifokorlar ogohlantirishiga qaramasdan, yashirincha 29 yoshli ayol bilan yashab kelgan va kasallikni jinsiy yoʻl bilan ushbu ayolga yuqtirgan.

    Respublika OITSga qarshi kurashish markazi, OIV aniqlangan bemorlarni ushbu kasallikni qasddan yuqtirganlik uchun qonunchilikka koʻra jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilanganligi toʻgʻrisida ogohlantiradi.