баннер
2 Apr 2025
02:43

    Jizzaxda ikkita yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir boʻldi

    Shu yilning 26-oktyabr kuni Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida “Faw” va “Howo A7” rusumli yuk avtomobillari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir sodir boʻldi.

    Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizlik xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, tumanning “Buyuk ipak yoʻli“ MFY hududidan oʻtuvchi M-39 avtomobil yoʻlining 957-kilometrida haydovchi, 1986-yilda tugʻilgan E.Q. boshqaruvidagi “Faw” rusumli hamda haydovchi, 1993-yilda tugʻilgan A.E. boshqaruvidagi “Howo A7” rusumli yuk avtomobillari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.

    Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq. Transport vositalariga texnik shikast yetgan.

    Hozirda holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech