Bu haqda viloyat yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha shu yilning 24-iyun kuni soat 13:00 larda, Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumani hududidan oʻtgan M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yoʻlining 982 km.da, Samarqand viloyatida yashovchi 1994-yilda tugʻilgan haydovchi "Lacetti" rusumli transport vositasini boshqarib borayotib, rul boshqaruvini yoʻqotib yoʻl chetidagi beton toʻsiqqa urilib pastlikka tushib ketdi.
Hodisa oqibatida avtomashina salonida boʻlgan 29 yoshli yoʻlovchi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.