Jizzaxda Neksiya-1 va Damas ishtirokida YTH sodir boʻldi

    Harakatlanib kelayotgan Neksiya-1 rusumli transport vositasi quvib oʻtish qoidasiga amal qilmasdan YTH ga uchradi.

    Bu haqda Jizzax viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 13-iyul kuni kech soat 17:00 larda, SH.Rashidov tumani Boʻston MFY hududidan oʻtgan 4R-37 "Jizzax sh-Chimqoʻrgʻon k-4R-36" avtomobil yoʻlining 05 km.da, Jizzax viloyati Zafarobod tumanida yashovchi 2000-yilda tugʻilgan haydovchi Neksiya-1 rusumli avtomashinasini "Jizzax-Zafarobod" yoʻnalishi boʻylab boshqarib ketayotgan vaqtda, quvib oʻtish qoidasiga amal qilmasdan oʻziga nisbatan qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan, Jizzax viloyati SH.Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi 1987-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvida boʻlgan Damas rusumli avtomashinasining yoʻnalishiga chiqib ketishi natijasida yoʻl-transport hodisasi sodir etdi.

    Hodisa oqibatida Damas rusumli transport vositasi haydovchisi olgan tan jarohatlari bilan RSHTYOIM Jizzax filialining jonlantirish boʻlimiga yotqizildi.

    Hozirda holat yuzasidan SH.Rashidov tumani IIB tergov boʻlimi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.