Mavjud sharoitlarni yaxshilash hamda kelgusida yaratilishi lozim boʻlgan imkoniyatlarni yana-da kengaytirish maqsadida viloyat Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshligʻi Azizbek Egamberdiyev rahbarligida “Duoba” QFY hududida oilaviy mehmon uylarini tashkil etish va mavjudlarining shart-sharoitini yana-da yaxshilash maqsadida mahalliy aholi bilan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida bugungi kunda turizm sohasi uchun ajratiladigan subsidiya va kompensatsiya berilish tartibi, unda yengil konstruksiya orqali barpo qilinadigan joylashtirish vositalari, gid va turoperatorlarga yangi turistik yoʻnalishlar toʻgʻrisida ham alohida toʻxtalib oʻtildi.
Eslatib oʻtamiz, targʻibot tadbirida 60 nafardan ortiq mahalliy aholi vakillari va tadbirkorlar qatnashib, jarayon soʻngida ularning muammo va takliflari oʻrganildi.