Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Shu yilning 27-sentyabr kuni Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida bir guruh shaxslar oʻziga tegishli boʻlgan transport vositasini guruh boʻlib harakatlanishda xavfli manyovrlarni bajargani boʻyicha xabarlar tarqaldi.
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu shaxslarning ayrimlari haydovchilik guvohnomasi boʻlmasdan turib avtotransport vositasini boshqargan.
Ushbu transport vositalari va ularning haydovchilari shaxsiga aniqlik kiritilib, tegishli tartibda qonuniy chora koʻrildi.
Shuningdek ushbu shaxslarning avtotransport vositalari jarima maydoniga joylashtirildi.