Davlatimiz rahbari fursatdan foydalanib, yaqinlashib kelayotgan tinchlik, shukronalik, mehr-oqibat va saxovat ramzi boʻlgan ulugʻ ayyom – Ramazon hayiti bilan yurtimizdagi barcha moʻmin-musulmonlarni, butun xalqimizni tabrikladi.
“Bugun yana bir muhim sana – buyuk sarkarda bobomiz, Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun”, - dedi Prezident.
Soʻnggi yetti yilda Jizzaxda ham katta oʻzgarishlar boʻldi.
Bu davrda viloyatga 5 milliard dollar investitsiya, shu jumladan 3 milliard dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb qilinib, 2,5 mingta yangi korxona ishga tushdi.
Bu orqali 45 mingta yangi doimiy ish oʻrinlari yaratildi. Tadbirkorlar 10,5 mingdan 20 minggacha koʻpaydi. Bu – respublika koʻrsatkichidan 50 foiz koʻp.
Hech mubolagʻasiz, Jizzaxda qishloq xoʻjaligidan sanoatga juda katta sakrash boʻldi, deb aytishga barcha asos bor.