Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 2024-yil 4-yanvardagi 5-sonli Farmoni ijrosini amalga oshirish maqsadida Ekologiya vazirligi tomonidan sanitar tozalash korxonalarining chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash, shuningdek, obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shugʻullanuvchi ishchilari, ekofaollar hamda jamoatchilik ekologiya nazoratchilariga bepul velosipedlar yetkazib berilmoqda.
Tadbirda velosipedlar Forish tuman hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish boshqarmasi, "Eko sfera" MCHJ, "Toza eko hudud" MCHJ, "Eko house" MCHJ va "Toza hudud" DUK xodimlariga topshirildi.
"Bu kabi imkoniyatlar sanitar tozalash xizmati xodimlarining ish unumdorligini oshirib, oʻz vazifalarini samarali bajarishda yanada qulayliklar yaratadi", — deyiladi xabarda.