Maʼlumotlarga koʻra, mansabdor shaxs joriy yil sentyabr oyida tadbirkor qurishni rejalashtirgan koʻp qavatli uyning loyiha hujjatlarini tasdiqlab berib, evaziga 200 AQSH dollari olgan.
Keyinroq tadbirkor aholiga qulaylik yaratish maqsadida koʻp qavatli uyga yaqin joyda xususiy maktab qurish uchun hujjatlarni tasdiqlab berishni soʻraganda, bu safar boshliq 6 million soʻm talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda u mazkur pul mablagʻini turmush oʻrtogʻi orqali olgan paytda ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “a” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Qonunga koʻra, mazkur jinoyat uchun 5-yildan 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Mutaxassislar taʼkidlashicha, mansabdor shaxslarning bunday noqonuniy harakatlari tadbirkorlik muhitiga va aholining iqtisodiy faolligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.








