Jizzaxda yuk mashina yonib ketdi

    Shu yilning 27-sentyabr kuni Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi butunlay yonib ketdi.

    Bu haqda Jizzax IIB xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumani hududidan oʻtuvchi M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yoʻlining 1029 km.da Samarqand viloyatida yashovchi 1983-yilda tugʻilgan haydovchi “KAMAZ” rusumli yuk tashuvchi transport vositasini “Samarqand-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha boshqarib ketayotgan vaqtda, avtomashinaning dvigatel qismida qisqa tutashuv vujudga kelganligi sababli yongʻin chiqqan.

    Oqibatida yuk avtomashinasi toʻliq yonib ketgan.

    Yongʻin oqibatida haydovchi va boshqa shaxslarga tan jarohati yetmagan.