Jizzax viloyati, Zomin tumanidan o'tuvchi xalqaro ahamiyatdagi A-376 avtomobil yo'lida joylashgan "Yаkkabog'-15" muntazam YPX maskanidan katta hajmdagi yuk ortilgan transport vositasi harakatlanib o'tayotgan vaqtda mazkur jarayon atrofdagi fuqarolar tomonidan tasvirga olingan.
Ushbu video tarmoqlarda go'yoki yukning tepa qismi YPX maskanidagi ustunga tegib qolganligi haqidagi izohlar bilan tarqatilgan.
Mazkur xabarlar asossiz bo'lib, katta hajmdagi yuk ortilgan transport vositasi ushbu YPX maskanidan harakat xavfsizligi ta'minlangan holda, mas'ul xodimlarning nazorati ostida ehtiyotkorlik bilan olib o'tilgan.
O'tish jarayonida atrofdagi biron jihoz yoki ortilgan yukka ziyon etmagan. Bu haqda Yo'l harakati xavfsizligi xizmati ma'lumot berdi.