Bu haqda Raqobatni qoʻmitasi xabar berdi.
Qoʻmitaning Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan olib borilgan oʻrganishda, “Jizzax industrial toʻqima” MCHJ paxta toʻqimachilik klasteri paxta tolasi va texnik chigit mahsulotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida sotgani aniqlandi.
Shundan, 321,7 tonna paxta tolasini birja kotirovka narxlariga nisbatan yuqori narxda va 1021 tonna paxta tolasini birja kotirovka narxiga nisbatan past narxda sotish holati hamda 2536 tonna texnik chigit mahsuloti birja kotirovka narxlari bilan solishtirilganda past narxlarda sotilgani maʼlum boʻldi.
Oʻrganish natijalariga koʻra, Maxsus komissiya tomonidan qonunchilik talablari buzilishi alomatlari bilan “Jizzax industrial toʻqima” MCHJga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, tegishli taʼsir chorasi qoʻllanildi.
Shuningdek, paxta shroti boʻyicha birja savdolarida ishtirok etgan “«Paxtakor sifat yogʻ”, “Jizzax kenteks” va “Baxmal quyosh nuri” MCHJlar tomonidan narxlar kelishilgan holda keskin oshirilgani uchun ish qoʻzgʻatilib, jamiyatlar mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.