14 iyun kuni soat 05:00 da Jizzax shahar “Xalqobod” MFY R.Isaev ko'chasida joylashgan 7 qavatli binoda yong'in sodir bo'ldi.

Viloyat FVB Matbuot xizmatining xabar berishicha, yong'in-qutqaruv ekipajlari soat 05:08 da voqea joyiga yetib borib, yong'in soat 05:15 da o'rab olingan va soat 06:00 da o'chirilgan.

Yong'inni o'chirishga 5 ta yong'in-qutqaruv bo'linmalari jalb etilgan. Yong'in natijasida binoning 180 kv.m maydoni yonib zararlangan. Binoning 400 kv.m maydoni saqlab qolingan.

Hodisa  oqibatida tan jarohati olgan va halok bo'lganlar yo'q. Hozirda yong'in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.