Jizzaxdagi dahshatli YTHda ikki kishi qurbon boʻldi

    Xavfsizlik 16 Iyun 2021 426

    Joriy yil 15-iyunda Jizzax shahar hududidan oʻtgan 4R-36 avtomobil yoʻlining 40-kilometrida «Neksiya» rusumli yengil avtomobil hamda “SHACMAN” rusumli yuk avtomobili ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan.

    Aniqlanishicha, 15-iyunda soat 18:20 larda, Jizzax viloyati, Jizzax shahar hududidan oʻtgan 4R-36 avtomobil yoʻlining 40-kilometrida 26 yashar haydovchi boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli yengil avtomobil hamda 47 yashar haydovchi boshqaruvida boʻlgan “SHACMAN” rusumli yuk avtomobili ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan.

    Natijada, «Neksiya» rusumli avtomobil haydovchisi va ushbu avtomobilning 34 yashar yoʻlovchisi turli tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etishgan. Shuningdek, ushbu avtomobil yoʻlovchilari, 11 yashar va 27 yashar yoʻlovchilar tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

    Mazkur YTH yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

    Shuningdek, xabar orqali barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlari soʻraladi.