Jizzaxlik olimlar Qozon shahridagi OTMlarda tajriba almashadi

    Ta'lim 21 Yanvar 2022 2361

    Joriy yil 20-yanvarda Qozon Federal universitetining rektori va prorektorlari hamkorligidagi delegatsiya aʼzolari rasmiy tashrif bilan Jizzax viloyatida boʻldi.

    Jizzax viloyat hokimligi, Innovatsion rivojlanish boshqarmasi xodimlari va OTMlar rektorlari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda ilmiy — innovatsion va oʻquv faoliyatini rivojlantirishga oid koʻp tomonlama masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv doirasida Jizzax viloyat Innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshligʻi M.Musayev Qozon Federal universiteti rahbariyati bilan jamiyatda mavjud muammolarga yechim boʻladigan loyihalar doirasida hamkorlik uchun oʻz takliflarini aytib oʻtdi. Taklif doirasida KFU rektori Dmitriy Tayurskiy va Mansur Musayev Jizzaxlik olimlarni oʻzaro tajriba almashish maqsadida stajirovkaga yuborish haqida kelishib oldi. Shuningdek delegatsiya aʼzolari Jizzax shahrida qurilayotgan Qozon universiteti filiali binosini borib koʻrdi hamda Jizzaxdagi tarixiy joylar va muzeylar bilan tanishdi.

    Ijod Ahmedov,

    Jizzax viloyat

    Hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi

    bosh mutaxassisi,

    falsafa doktori (PhD.)