Ushbu loyiha doirasida:
- quvvati 100 ming m3/sutka bo‘lgan 1-ko‘tarish nasos stansiyasi va suv tindirgich;
- 1-ko‘tarish nasos stansiyasidan “Uzunbuloq” suv tozalash inshootigacha diametri 1200 mm., uzunligi 16,6 km. bo‘lgan magistral ichimlik suvi quvuri;
- quvvati 100 ming m3/sutka bo‘lgan “Uzunbuloq” suv tozalash inshooti;
- uzunligi 166 km. bo‘lgan “Uzunbuloq - Gagarin” magistral ichimlik suvi quvuri;
- “Jizzax” suv taqsimlash inshooti;
- “Jizzax” STIdan Jizzax shahrigacha uzunligi 4 km. bo‘lgan magistral ichimlik suvi quvuri qurilishi belgilangan.
Bugungi kunga qadar jami 75,764 km. quvurlar yotqizilgan. Shundan:
• D-1000 mm. va 800 mm. bo‘lgan 51,9 km. stekloplastik magistral suv quvurlari yotqizilgan.
• D-1200 mm. bo‘lgan 15,5 km. magistral quvurlar montaj qilingan.
• D-800 mm. bo‘lgan 3,1 km. temir quvurlar montaj qilingan.
• D-800 mm. bo‘lgan 2,8 km. polietilen quvurlar montaj qilingan.
• D-720 mm. bo‘lgan 2,464 km. polietilen quvurlar montaj qilingan.