Natijada ayrim aholi yashash joylari, ijtimoiy soha obyektlari, ekin maydonlari sel oqimlaridan zararlandi.
Zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari xodimlari voqea joyiga yetib borib, yogʻingarchilik oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari olib bormoqda. Yogʻingarchilik oqibatlarini bartaraf etish jarayonida, dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Forish tumanida 4 nafar fuqaroni (1 nafar erkak, 3 nafar ayol) sel oqimlari oqizib ketish natijasida xalok boʻlganligi aniqlandi.
Ayni paytda Baxmal tumanining Nurafshon MFY, Gulobod qishlogʻi, Gʻallaorol tumanining Moltob QFY Moltob qishlogʻi, Sh.Rashidov tumani Kuyovboshi MFY hamda Forish tumani Egizbuloq MFYlarida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ham favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) organlari kuch va vositalari tomonidan yogʻingarchilik oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari koʻrilmoqda.