Soʻnggi yillarda yurtimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar yosh avlodni jismoniy barkamol boʻlib yetishishida muhim oʻrin tutadi. Shahar va qishloqlarda zamonaviy sport komplekslari bunyod etilayotgani esa yana-da yuksak marralarni zabt etishga undamoqda. Sportchilar jahonning nufuzli musobaqalarida yuksak gʻalabalarni qoʻlga kiritib, xalqimizni xushnud etib kelmoqda.
Jumladan, barcha hududlarda boʻlgani kabi Jizzax viloyatida ham jismoniy tarbiya va sportga alohida eʼtibor berilmoqda. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabariga koʻra, Zarbdor tuman Boʻston shaharchasi hududida joylashgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabida Davlat investitsiya dasturi asosida zamonaviy turdagi sendvich panelli yopiq universal sport majmuasi foydalanishga topshirildi. Mazkur majmuaning futbol maydoni, yugurish yoʻlagi, tomoshabinlar uchun moʻljallangan tribunalari hamda tashqi qiyofasi taʼmirlandi.