Qayd etilishicha, 2025-yilda chigirtka nisbatan koʻp. Oʻtgan yili 580 ming gektardan ortiq maydonda kimyoviy ishlov oʻtkazilishi belgilangan boʻlsa, joriy yilda bu koʻrsatgich — 608 ming gektar boʻladi deb taxmin qilinmoqda.
Ayni vaqtda baʼzi hududlarda chigirtka imago yoshiga yetgan. Yaʼni qanot chiqarib, uchadigan va tabiiy nobud boʻladigan davr. Bu davrda hasharotlar tunda yorugʻ joyda toʻplanadilar. Va bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida vahima koʻtarilishiga sabab boʻlmoqda.
Oyogʻiga chigirtkalar tarmashib olgan kishi esa — Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmatining mexanizatori Xaydar Musayev. 11-iyunda Jizzax viloyatining Zomin tumanida oʻtkazilgan ishlovdan oldingi holat. Ayni vaqtda chigirtkalar bartaraf etilgan, hudud toza, — deyiladi xabarda.
Tasvirdagidek holatlar bor. Biroq koʻp emas va bu holatlar koʻpayib ketmasligi choralari koʻrilmoqda. Bu chigirtkaga qarshi kurash tadbirlarining yakuniy bosqichi. Mutaxassislar haqiqatdan ham 24/7 rejimida ish olib bormoqda. Sababi hozir muhim davr, — deya qoʻshimcha qilinadi xabarda.








